“Salomatlik marafoni” doirasida Muborak tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom hayot tarziga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
🚶♂️ Tadbir “Sog‘lom hayot uchun — 5000 qadam” shiori ostida o‘tkazilib, unda turli yoshdagi fuqarolar, tashkilot va muassasalar xodimlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
🤝 Marafon tuman hokimligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi.
Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab piyoda yurib, kundalik jismoniy faollik va muntazam harakatning inson salomatligidagi muhim o‘rnini amalda namoyon etdilar.
🥗 Tadbir davomida aholiga sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik, kunlik piyoda yurish va faol hayot tarzining afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi.
🩺 Shuningdek, “Salomatlik marafoni” doirasida Muborak tuman tibbiyot birlashmasida 45–65 yoshdagi ayollar uchun bepul skrining tekshiruvlari tashkil etilmoqda.
VSSB matbuot xizmati


