Shu munosabat bilan o’tkazilgan tadbirda so’zga chiqqan Sog’liqni saqlash vaziri A.Xudayarov, avvalo, ushbu hamkorlik ikki davlat rahbarlarining o’zaro ishonchga asoslangan do’stona munosabatlari samarasi ekanligini alohida ta’kidlab, bunday loyihalar mamlakatimizda ko’z kasalliklarini erta aniqlash va davolash, ushbu yo’nalishdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qilishini qayd etdi.
Aktsiya doirasida Toshkent va Samarqand shaharlarida yurtimizning barcha hududlaridan kelgan jami 1000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bemor yuqori texnologik skrining tekshiruvlaridan o’tkazilib, katarakta kasalligi aniqlanganlarga davolashning “oltin standarti” asosida yuqori texnologik fakoemulsifikasiya usulida sun’iy Gavhar implantasiyasi bilan jarrohlik amaliyoti bajariladi.
Aktsiya 14-17 aprel kunlari Toshkent shahrida, 17-19 aprel kunlari Samarqand shahrida – markaz filialida o’tkaziladi.
Har bir bemorga jarrohlikdan keyin davolanishni davom ettirish uchun barcha dori va sarflov vositalari bepul taqdim etiladi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.