AQShning Texas universiteti olimlari ana shu asoratlarni tabiiy yo’l bilan kamaytirish bo’yicha izlanishlar olib bordi. Tadqiqot besh yil davom etdi.
Kuzatuvlar uchun gipertoniya va mikroalbuminuriya (peshobda oqsil moddasi va qon plazmasida keratinin kontsentrasiyasining qisman oshishi)dan aziyat chekuvchi 153 nafar ko’ngilli jalb qilindi.
Ishtirokchilar uch guruhga bo’lindi. Birinchi toifa vakillari kuniga ikki-to’rt stakandan ishqorli moddalarga boy meva-sabzavotlar sharbatlarini iste’mol qilib bordi.
Ikkinchi guruh qatnashchilari har kuni to’rt-besh tabletkadan ozuqa sodasi (natriy bikarbonat) qabul qildi. Uchinchi guruh ishtirokchilari shifokorlar tavsiyaga ko’ra, standart ovqatlanish rasioni bo’yicha taomlanishda davom etdi.
Yakunda ko’p miqdorda meva-sabzavot iste’mol qilgan bemorlarda buyraklar faoliyati yaxshilanishi kuzatildi.
Qolaversa, tadqiqotchilar bunday rasion gipertoniya bilan og’rigan bemorlarda yurak-qon-tomir va surunkali buyrak kasalliklaridan o’lim xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, degan xulosaga kelishdi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.