2026-yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyot tizimini raqamlashtirish, aholiga tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qator muhim topshiriqlar bergan edi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash ishlari joylarda izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda tibbiyot sohasini raqamlashtirish va tibbiy yordam sifatini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tibbiy xizmatlarning shaffofligi va samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu jumladan, Kashkadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi Muborak tuman tibbiyot birlashmasining tegishli muassasalarda faoliyat yuritayotgan patronaj hamshiralarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ko‘p funksiyali zamonaviy planshetlar yetkazib berilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur zamonaviy planshetlar orqali har bir fuqaroning shaxsiy tibbiy kartasi onlayn tarzda yuritiladi, tibbiy ma’lumotlar bevosita patronaj hamshira tomonidan tizimga kiritiladi. Bu esa aholi salomatligi bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor va aniq shakllantirish, shuningdek, tuman aholisi uchun o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
😎Muborak tuman tibbiyot birlashmasi.






