Muborak tumanidagi “Sheyx” oilaviy shifokorlik punktida faoliyat yuritib kelayotgan Yoqubova Xalima Jo‘rayevna — sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
🩺 45 yildan oshiq mehnat faoliyatidagi vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan Xalima Jo‘rayevna tibbiyot jamoatchiligi va aholi o‘rtasida yuksak obro‘-e’tiborga ega fidoiy shifokordir.
📚 U oliy toifali shifokor hisoblanadi.
👩⚕️ Faoliyati davomida xududdagi 31 548 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 4 751 nafar bemor sog‘lomlashtirildi.
🎉 II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni — bu yurtimiz sog‘lig‘ini asrash yo‘lidagi fidokorona xizmatga berilgan munosib e’tirofdir.
Bugun Xalima opa Yoqubova ko‘ksiga orden taqilgan o‘zgacha faxr va shukr to‘yg‘usini tuyganini bildirmoqda…
✍️ Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati